Xiva – dunyoning sakkizinchi mo’jizasi

Xiva

Sharqning ko’plab shaharlari kabi Xiva ham «suv ustida» – Amudaryoning quyi qismida paydo bo’lgan va Xorazm vohasining sug’oriladigan yerlarida rivojlangan. Uzoq davr mobaynida shahar Buyuk Ipak yo’lining asosiy markazlaridan biri bo’lgan.

Bu yerda XVIII-XX asrlarga oid ko’plab me’moriy obidalar mavjud. Xiva shahrida arxeologik qazish ishlari olib borilmoqda, sayyohlik agentliklari muntazam ravishda ekskursiyalar tashkil etishmoqda. Ayniqsa asosiy e’tiborni, Ichan-Qala majmuasi, Juma masjidi, Kurnish-Xon saroyi, Islom-Xoja minorasi kabilan tortmoqda.

1967 yilda Qadimiy Xiva va 1990 yilda esa Ichan-Qal’a YuNESKOning Butunjahon merosi ro’yxatiga kiritilgan. 1997 yilda shahar o’zining 2500 yilligini nishonladi.

Shaharning tarixida ko’p sonli ichki urushlar, har xil fathlar va bosqinchiliklar katta iz qoldirgan. Turli davrlarda Aleksandr Makedonskiy, Amir Timur, Chingiz Xon shaharni bosib olishga ko’p urinib ko’rishgan va bunga faqatgina oxirgisi muvaffaq bo’ldi. Shaharni yangitdan qurish uchun 200 yildan ko’p vaqt ketdi. XIX asrda Xiva Rossiya imperiyasi tarkibiga kirishni boshladi va 1991-yilda O’zbekiston tarkibida mustaqillikka erishdi.

Boy tarixga ega har qanday qadimiy shahar kabi Xiva haqida ham to’xtovsiz gapirsa bo’ladi. Dunyoning sakkizinchi mo’jizasi nomiga sazovor bo’layotgan, ushbu me’moriy yodgorlikning go’zalligi va buyukligini baholash uchun bir hikoya qilish bilan tasvirlab bo’lmaydi. Bu yerga shunchaki tashrif buyurish va hammasini o’z ko’zlari bilan ko’rish kerak.