Qadimiy va doimo yosh Toshkent

Toshkent

Tarixi ikki ming yildan ortiq vaqt bo’lgan bu megapolis qachonlardur uncha katta bo’lmagan turar joy bo’lgan. Bugun esa baland minoralar o’rnida kichkina tuproqli uychalar turganligi, eng katta binolar esa minoralar bo’lganligini tasavvur qilish qiyin.

Toshkent – O’zbekiston poytaxti, bu shaharda 140 dan ortiq millat va xalq vakillaridan iborat 2,5 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Bu shaharni juda ko’plab nomlar bilan atashadi: «Dunyo shahri», «Sharq yulduzi», «Non shahri”. Agar «Toshkent» so’zi turkiy tildan so’zma-so’z tarjima qilinsa, u “Tosh shahri” degan ma’noni bildiradi.

O’tgan asrning 70-yillarida arxeologlar shunday xulosaga kelishdi-ki, bu shahar 2000 yillar ilgari qadimiy shaharcha Minurikda paydo bo’lgan, ammo O’zbekiston poytaxtining janubiy qismida joylashgan boshqa bir shaharning – Shoshtepaning qazishmalari shaharning 200 yoshdan katta ekanligini tasdiqladi. Shoshtepa zamonaviy Toshkentning ajdodi hisoblanadi. YUNESKOga yangi ma’lumotlar jo’natilgandan keyin 2007-yilda shaharning 2200 yilligini nishonlash to’g’risida qaror qabul qilindi. Darvoqe, bu yil ham ta’lim, ilm-fan va madaniyat bo’yicha Xalqaro Islom Tashkiloti (ISESCO) tomonidan «Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilingan yil kabi Toshkent shahri tarixiga kirdi.

Bugun Toshkentning ko’rinishi G’arb va Sharqni o’zidaa qamrab oldi. Bu yerda o’rta asrlardagi O’rta Osiyo binolarini,Turkiston gubernatori davridagi Yevropa arxitekturasi, Sovet davridagi «quti» uylar va zamonaviy ko’p  qavatli binolar, biznes markazlar, hashamatli mehmonxonalar, banklarning mustahkam binolarini o’zida jamlaydi – mustaqil rivojlanish davrining san’at asari.

Shahar butun dunyoda faqat yirik iqtisodiy, ilmiy va madaniy markaz bo’libgina qolmay, balki, birinchi o’rinda, xalqaro maydonda O’zbekistonning doimiy o’sib borayotgan mavqeining ramzi sifatida, o’nlab xorijiy davlatlar elchixonalari, ko’plab xalqaro tashkilotlar joylashgan, davlat rahbarlari sammitlar, yirik xalqaro simpoziumlar, konferensiyalar o’tkaziladigan shahar sifatida tanilgan.

Turli davrlarni o’z ichiga oluvchi boy arxitekturaga qaramasdan, shahar hali ham keng qurilish maydoni bo’lib qolmoqda. Aytganlaridek, Har davrning o’z qurilishi bor.

O’zbekistonning mustaqillik yillarida Hazrati Imom (Xast-Imom) majmuasi – diniy markazi, chet ellik mehmonlar uchun sevimli ziyoratgoh, Chorsu maydoni, Ko’kaldosh madrasasi va boshqalar yangi ko’rinish olishdi. Mamlakatning asosiy maydoni –  «Mustaqillik» maydoni o’zgardi.

Toshkent ko’chalarini Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Tasviriy san’at galereyasi, Forumlar saroyi, Yoshlar saroyi va ko’plab ajoyib favvoralar yanada bezadi. Darvoqe, O’zbekistonning poytaxtini yana favvoralar soni ko’pligi uchun «Favvoralar shahri» deb ham nomlashadi.

Bu yerda ko’p sonli muzeylar faoliyat ko’rsatadi: O’zbekiston san’at muzeyi (bu yerda 4000 dan ortiq eksponat, ularning ba’zilarining yoshi 1000 yildan ortiq), Tarix muzeyi, Amaliy san’at muzeyi, Temir yo’llar muzeyi, Yesenin muzeyi va boshqalar.

Toshkentda mamlakatning old teatrlari – Alisher Navoiy nomidagi Davlat katta teatri, Rus Akademik drama teatri, Toshkent davlat musiqali komediya teatri, O’zbekiston Yoshlar teatri, Abror Xidoyatov nomidagi Drama teatri kabilar joylashgan.

O’zbekiston poytaxtida 20 dan ortiq universitet, konservatoriya, O’zbekiston Fanlar akademiyasi va uning ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyat ko’rsatmoqda.

Metropolisga mos holda, bu yerda marshrut, avtobus va taksilarning keng tarmog’i mavjud. 1977-yildan beri metro faoliyat ko’rsatadi. Aytgancha, poytaxt metrosi – mehmonlarni tanishtiradigan ko’zga ko’ringan joylardan biridir.

Toshkentliklarning yana bir faxri bu – Toshkent teleminora. Bu Markaziy Osiyodagi eng baland bino (balandligi – 375 metr). Bir ming yillik davrdan ko’proq vaqdan beri kuzatuvchi porlayotgan yulduzlar ostidagi shaharga albatta kechqurun tashrif buyuring.

Kim biladi, ehtimol ular qadimgi va abadiy yosh Toshkentning afsonalari bilan bo’lishishni xohlashar. «Tosh Shahri» yana bir nechta avlodni ajablantiradigan sirlarni o’z ichida saqlaydi.

Shuni ham aytib o’tish joizki, yuqoridagilarni barchasidan tashqari bizning shinam mehmonxonamiz «Osiyo Palace» shahar teleminorasidan bir necha qadamlar uzoqlikda joylashgan. Bu bilan esa, Siz qadrdon mehmonlarimizga ixtiyoriy qulay vaqtda va qulay muhitda, qulay xonada va eng qulay bo’lgan muhitda undan zavqlanish imkonini beradi.