Buyuk Ipak yo’li yuragi

Samarqand

Samarqand bu – qadimgi sivilizatsiya va hozirgi borlikni kesishadigan shahardir. Maqbaralar, minoralar va madrasa, ko’klari osmonga o’xshash gumbazlarining shahridir. Bu shahar 2750 yil avval O’rta Osiyoning savdo yo’llari kesishuvida paydo bo’lgan shahardi, va u har doim shoirlar, rassomlar, olimlar, ziyoratchilar va darveshlarni o’ziga jalb qilgan. Quyosh nurlari bezatilgan masjidlar va shahar minoralari ustidagi bezaklarda raqsga tushganida, Samarqand ulkan tilla mayoqga o’xshaydi.

Samarqandni  butun dunyoga “Sharq marvaridlari”, “Yer yuzi”, “Sharqiy Rim”, “Dunyo oynasi”, “Qalb bog’i”, “Islom xazinasi” nomlari bilan ma’lum. Turli davrlarning sayohatchilani uni aynan shunday ta’riflashgan. Bugungi kunda shahar YuNESKO ta’rifi bo’yicha “Buyuk ipak yo’lining yuragi” sifatida oldingidek o’z qiziqishini uyg’otadi.

Bu joy hozirgacha uzoq mamlakatlarning orzularini, ko’p sonli xazinalar va ekzotik tovarlar haqidagi orzularni uyg’otadi. Miloddan avvalgi 1-asrning o’rtalarida, shaharni Maroqand (keyinroq Afrosiyob) deb atashgan paytlarda ning boyligi ko’plab bosqinchilarga tinchlik bermasdi.

Samarqandni ta’riflovchi nomlar orasida yana shunday turi bor, nu esa, Mahsxur Siyalar shahri. Bosqinchilar orasida bu shaharda o’z soyalarini qoldirib ketgan shaxslar bulan Aleksandr Makedosnkiy, Chingiz Xon va Buyuk Amir Temur edi.

Shahar qudratli Sug’d davlatining poytaxti, Tamerlanning buyuk imperiyasi markazi bo’lgan. Aynan Amir Temur Samarqand tarixida muhim rol o’ynagan. Shu narsa ma’lumki, hukmdor bu yerga bosib olingan davlatlardan eng zo’r hunarmandlarini jo’natgan, va ular o’z o’rnida bu yerni buyuk hukmdorga munosib poytaxtga aylantirishgan.

Samarqand qadimgi So’g’d tilidan tarjima qilinganda «Tosh qal’asi» yoki «Toshdan qurilgan shahar» ma’nolarini anglatadi. Hozir, bu shahar – O’zbekistonning kattaligi bo’yicha ikkinchi yirik shahri, Samarqand viloyatining ma’muriy markazidir. 2001 -yilda shahar YuNESKOning Butunjahon merosi ro’yxatiga “Madaniyatlar chorrahasi shahri’ sifatida kiritildi. 2007-yilda ushbu xalqaro tashkilot homiyligida uning 2750 yillik yubileyi nishonlandi.

Samarqand turli vaqtlar noyob yodgorliklariga boy. Hozirgi vaqtda ular uch mingga yaqin.

O’tgan 20 yil davomida Registon ansambli, Ulug’bek rasadxonasi, Ruhobod va Shohi Zinda maqbaralari, Xo’ja Ahror va Xazrati Xizr masjidlari kabi shox asarlar va boshqa yuzlab tarixiy va me’moriy yodgorliklar qayta tiklandi va rekonstruksiya qilindi.

Shunga o’rinda, Samarqand ko’p tuzilmali emas, lekin 21-asrning zamonaviy shahri bo’lish uchun yetarli imkoniyatga ega faol va jonli shahar.Shaharning 2025-yilgacha mo’ljallangan rivojlanish strategiyasi boy madaniyat va zamonaviy texnologiyalar sinteziga asoslangan. Hozirgi vaqtda zamonaviy Samarqandda qurilish ishlari olib borilmoqda. Va oxirida hosil bo’ladigan muhit hayratlantirmaslikni iloji yo’q – Yevropa va Sharqiy uslublarning qarama-qarshiligi, zamonaviy mega-majmualar bilan bir qatorda O’rta asrlarda qurilgan obyektlar qarama-qarshiligi.

Samarqand bugungi kunda qadimiy yodgorliklar ehtiyotkorlik bilan saqlanadigan joydir. Qadimiy arxitekturaning betakror yodgorliklari, ilmiy va san’at maktablari merosi, qadimiy shahardagi milliy hunarmandchilik markazlari bugungi kunda dunyoga mashhur.