Oliyjanob Buxoro

Buxoro

Bu shaharning aurasi odamlarga ta’sir qiladi: Buxoro haqiqiy sharq ertagini qadrlaydiganlar uchun yaratilgan.

O’rta Osiyo xalqlarining mashhur kitob qahramoni, so’z ustasi va tinchlik kushandasi Xo’ja Nasriddin (Buxoroda unga yodgorlik mavjud) bu shaharga har doim quyidagi so’zlar bilan kirib kelgan:  «Salom, oliyjanob Buxoro!» Va bu umuman olganda faqatgina adabiy o’xshatish emas. Sharqda faqatgina yettita shaharlar “oliyjanob” mavqeiga sazovor bo’lgan – Makka, Madina, Bog’dod, Quddus, Mozori-Sharif, Qohira va Buxoro.

Shahar o’zining ko’p asrlik mavjudlik tarixi davomida «Buyuk Ipak yo’li marvaridi», «Muqaddas», «Qimmatbaho», «Shahar – muzey», «She’riyat va ertaklar shahri» va boshqa ko’plab nomlarga ega bo’lgan.

Qadimgi So’g’d tilidan tarjima qilinganda Buxoro «omadli joy» degan ma’noni bildiradi. Shaharning paydo bo’lishi har xil afsona va an’analar bilan bog’lanadi.

Buyuk Ipak yo’li davrida bu shaharda 60 dan ziyod karvonsaroylar joylashgan bo’lib, bu karvonsaroylarda Hindiston, Xitoy, Eron va boshqa davlatlardan bo’lgan savdogarlar to’xtashar edi. Buxoro serhosil voha, yirik ilmiy va madaniy markaz bo’lib qoldi. Shaharning karvon yo’llari kesishuvida joylashganligini 15-16 asrlarning savdo gumbazlari isbotlaydi.

Eng ajablanarlisi shundaki, shaharning qadimgi qismi hozirgi kungacha o’sha davrlarning muhitini o’zida saqlab qolgan.

Buxoroga qilingan safar – eng avvalo, vaqtlar bo’ylab sayohat, Markaziy Osiyo tarixi bilan to’qnashuv demakdir. Bu yerdagi muhit ba’zi inshootlarni 9-asrda qurilganlik ruhini namoyon etadi.

Umuman olganda, Buxoroning saqlanib qolgan merosi o’zida yigirma besh asr davomida me’moriy arxitekturani rivojlantirishni tavsiflovchi turli davrlarning inshootlarning noyob jamlanmasini aks ettiradi.

Saroylar va masjidlar, maqbaralar va minoralar «Ming bir kecha» haqiqiy ertakiga tushib qolganlik hissini beradi.

Buxoro shunchaki qadimiy shahar emas, balki u Sharq sivilizatsiyasi tarixiga o’zining hissasini qo’shgan O’rta Osiyoning o’ziga xos markazidir. Shaharda ko’plab buyuk so’fiy avliyolari, eng obro’lilaridan biri –  Bahouddin Naqshband bo’lgan, uning maqbarasi O’rta Osiyo Makkasi hisoblanadi. Bu yerga turli musulmon mamlakatlardan din vakillari niyatlarini amalga oshirish va gunoxlaridan mag’firat so’rash uchun tashrif buyurishadi.

O’zining davrida Buxoroda o’z ahamiyati bilan Qur’ondan keyin ikkichi o’rinda turadigan islomiy kitob – muallifi Imom al-Buxoriy bo’lgan Eng ishonchli hadislar to’plami «Al-Jomi as-sahih» yozilgan. Va butun dunyoga mashhur Avitsenna (Abu Ali ibn Sino) Buxoro amirligining chekka bir qishlog’idan bo’lgan.

Bugun Buxoro O’zbekiston Respublikasi Buxoro viloyatining viloyat markazi hisoblanadi. 1993-yilda shaharni YuNESKOning Butunjahon merosi ro’yxatiga kiritishdi, 1997- yilda esa uning 2500- yilligi keng nishonlandi.

O’zbekiston mustaqillik yillarida Buxoro (shaharning zamonaviy qismi) butunlay yangi ko’rinish oldi. Va shahar Shahar shaharning o’rta asrlar davridagi sharqona uslubdagi qurilishlar va zamonaviy G’arbona ko’p qavatli binolar, biznes markazlari va endi tuproqli emas, balki oynali minoralarning noyob sintezini o’zida namoyon qiladi.